Rossiyada dollarning rasmiy kursi 60 rubldan pastga tushdi


Rossiyada dollarning rublga nisbatan mamlakat markaziy banki tomonidan belgilangan kursi 1,57 rubl, evro kursi esa 1,38 rublga arzonlashdi, deb yozdi Kun.uz.
Xabar berishlaricha, dollar kursi 59,81 rublgacha, evroning kursi esa 68,35 rublgacha arzonlashgan. Bu esa dollarning yanvar oyidan buyon ilk marta 60 rubldan pastga tushishi hisoblanadi.
Rublning barqarorlashuvi dunyo bozorida neft narxining o‘sishi bilan bog‘lanmoqda. Ayni paytda Brent toifasidagi 1 barrel neft narxi 62 dollarga baholangan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…