00:20 / 01.05.2023
277

Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasida tartib-intizomni buzganlar zindonga tashlanmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasida tartib-intizomni buzganlar zindonga tashlanmoqda
Foto: “RIA Novosti”
Ukrainadagi Rossiya qo‘mondonlari so‘nggi paytlarda harbiylarni tartib-intizomni buzgani uchun jazolay boshladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
 
Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, intizomni buzgan Rossiya kuchlari yerga qazilgan va tepasi panjara bilan yopilgan zindonlarga tashlanmoqda. Aksar hollarda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan va shartnomani bekor qilishga uringan rus harbiylariga nisbatan shunday jazo qo‘llanilmoqda.
 
Hisobotga ko‘ra, urushning dastlabki oylarida aybdor harbiy xizmatchilar yengilroq jazolangan, xizmatni davom ettirishdan bosh tortganlarga esa uylariga eson-omon qaytishga ruxsat berilgan. Kuzdan boshlab esa armiyada intizomni saqlash bo‘yicha “borgan sari keskin choralar” joriy etila boshlangan.
 
Britaniya Mudofaa vazirligi bu tendensiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov Ukrainadagi rus guruhiga rahbarlik qilishni boshlaganidan keyin kuchayganini aytmoqda. Zindonlar Chechenistondagi urushlar paytida keng tarqalgandi, jazolashning bu usuli ham federal qo‘shinlar, ham separatistlar tomonidan ishlatilgan. Jangarilar garovdagilarni ham shunday zindonlarda saqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasida tartib-intizomni buzganlar zindonga tashlanmoqda