19:56 / 02.05.2023
676

Aleksey Reznikov: “Ukraina Qrimni jangsiz ozod qiladi”

Aleksey Reznikov: “Ukraina Qrimni jangsiz ozod qiladi”
Foto: Reuters
Qrimni ozod qilish yarimorol hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri janglarsiz amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovga tayanib, The Atlantic xabar berdi.
 
Qrim Ukraina uchun strategik ahamiyatga ega. Reznikov Kiyev qarshi hujumni amalga oshirishning sof harbiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqmayotgani, gap yarimorolni ozod qilishning harbiy-siyosiy yo‘li haqida katayotganini aytdi.
 
Ukraina mudofaa vaziri Rossiya Qrimni o‘ziga xos qal’aga aylantirayotgani haqida gapirdi.
 
Rossiya yarimoroldagi avtomobil, suv va temir yo‘llarini to‘sib qo‘yganidan keyin yarimorolda qo‘nim topgan ko‘plab ruslar boshqa joyda yashash yaxshiroq ekanini tushundi”, — deydi u.
 
Reznikovning ta’kidlashicha, noqonuniy qurilgan Qrim ko‘prigidagi portlashlardan keyin rossiyaliklarning bir qismi allaqachon yarimorolni tark etgan.
 
Biz Qrimni jangsiz olamiz”, — ta’kidladi Ukraina mudofaa vaziri.
 
U yarimorolni deokkupatsiya qilish bo‘yicha allaqachon batafsil rejalar ishlab chiqilganiga to‘xtalib, Qrimning Ukraina va Rossiya tomonidan qabul qilinishi o‘rtasidagi tub farqni aytdi.
 
Rossiya uchun Qrim har doim harbiy baza bo‘lib qoladi. Ukraina uchun Qrim xilma-xillik makoni va bizni global janubga eltuvchi ko‘prikdir”, — dedi Reznikov.
 
Avvalroq Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining bo‘lajak qarshi hujumi vazifalaridan biri Qrimni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. Biroq prezident tafsilotlarni oshkor qilmagan va ko‘p narsa G‘arb qurollari yetkazib berilishiga bog‘liqligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksey Reznikov: “Ukraina Qrimni jangsiz ozod qiladi”