Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayevaning birgalikda tushgan yangi videosi muxlislar e’tiborida! (video)

Shaxmatchilar Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva ijtimoiy tarmoqlardagi yangi videosi bilan yana muxlislar e’tiboriga tushdi. Bibisara o‘zining Instagram sahifasida Javohir bilan juda yaqin tushgan videosini joylashtirdi.
Tasvirlarda ikki shaxmatchi bir-birining yonida mamnun va xursand kayfiyatda ko‘rinadi. Ularning samimiy munosabati va yaqinligi kuzatuvchilar orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar izohlarda ular o‘rtasida shunchaki do‘stlikdan ko‘ra ko‘proq tuyg‘ular borligini taxmin qilmoqda.
Bibisara videoga “Nafaqat yuqorida, balki yo‘lning har bir bosqichida 4” deya izoh qoldirgan. Ushbu jumlaning ma’nosi ham muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi. Foydalanuvchilar uning nimaga ishora qilganini turlicha talqin qilmoqda.
Hozircha shaxmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar haqida rasmiy izoh berilmagan. Shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlar tasdiqlangan ma’lumot emas.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…