06:00 / 03.05.2023
349

Iroq qamoqxonasidagi qozog‘istonlik ayollar ochlik e’lon qildi

Iroq qamoqxonasidagi qozog‘istonlik ayollar ochlik e’lon qildi
Iroq qamoqxonasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan qozog‘istonlik ayollar ochlik e’lon qildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovga tayanib, Kazinform xabar berdi.
 
Aybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, “Ruzafa” operatsiyasi doirasida bir necha yil avval Iroqdan Qozog‘istonga bolalar olib kelingan. Biroq ularning onalari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan va jazoni Bag‘dod (Iroq) qamoqxonasida o‘tamoqda.
 
24 aprel kuni Bag‘doddagi Rusafa-6 qamoqxonasidagi xorijliklar, jumladan qozog‘istonliklar ochlik e’lon qilgani haqida Qozog‘istonning Iordaniyadagi elchixonasiga xabar kelib tushgan. Mahbuslar o‘z mamlakatlariga ekstraditsiya jarayonini tezlashtirishni talab qilmoqda.
 
Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ochlik e’lon qilish Iroq hukumati tomonidan amnistiya to‘g‘risidagi qonun imzolanishi haqidagi mish-mishlar fonida boshlangan. Amnistiyaga tushgan shaxslar ushbu mamlakatda jazo muddatining uchdan bir qismini o‘tashi kerak.
 
Qozog‘iston TIV hozirda ISHID terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgani uchun sudlangan 6 nafar fuqaro yuqorida qayd etilgan muassasada jazoni o‘tayotganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq qamoqxonasidagi qozog‘istonlik ayollar ochlik e’lon qildi