08:43 / 03.05.2023
344

Podolyak: Rossiya Ukrainaga raketa hujumi taktikasini o‘zgartirdi

Podolyak: Rossiya Ukrainaga raketa hujumi taktikasini o‘zgartirdi

Foto: president.gov.ua
Rossiya harbiylari Ukrainaga raketa hujumlari taktikasini o‘zgartirib, tinch aholi obyektlarini nishonga olyapti, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak milliy telemarafon efirida.
 
"Taktikada ma’lum bir o‘zgarish borligi aniq. Bunga shubha yo‘q, chunki ular aynan fuqarolarga, ko‘p qavatli uylarga yoki fuqarolar turar joylari ko‘p bo‘lgan joylarga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar berishmoqda", - dedi u.
 
Podolyak Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi aynan shunday taktikadan foydalangan holda qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani haqida bir nechta versiyalarni bildirdi.
 
Xususan, uning fikricha, rossiyalik harbiylar Ukrainada, masalan, Ukraina Qurolli kuchlari tegishli tayyorgarliksiz qarshi hujumga o‘tishi uchun muayyan reaksiyalarni qo‘zg‘atmoqchi.
 
Moskva, shuningdek, ukrainalik tinch aholining o‘ldirilishi taassurotlari ostida shoshilinch muzokaralar o‘tkazishni talab qila boshlashi mumkin bo‘lgan G‘arb davlatlari aholisiga ham ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda, dedi Podolyak.
 
"Uchinchi sabab shundaki, ular qish va kuzda hujum qilgan trayektoriyalar bo‘ylab hujum qilish mumkinmi yoki yo‘qmi, bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab o‘tib tinch aholiga hujum qilish mumkinmi yoki yo‘qmi, shularni tushunishni istashmoqda. Biz osmonni butunlay yopdikmi yoki yo‘qmi, shuni bilishmoqchi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Podolyak: Rossiya Ukrainaga raketa hujumi taktikasini o‘zgartirdi