20:34 / 03.05.2023
862

Rus xokkeychisi: «Men ichmayman, men musulmonman!»

Rus xokkeychisi: «Men ichmayman, men musulmonman!»
SSKA himoyachisi Yaroslav Diblenko jamoasining Gagarin kubogidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Uchrashuv qahramonlaridan biri armiyachilar himoyachisi Yaroslav Diblenko bo‘ldi. Diblenko rus bo‘lishiga qaramay, bir necha yil oldin islomni qabul qilib, musulmon bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning dinga kelishiga 10 yil oldin qadrdon do‘sti, Mitishchi shahrining “Atlanta”, keyin «Traktor» klublarida birga o‘ynagan himoyachi Albert Yarullin sababchi bo‘lgan.
 
«U [Yarullin] Islomga avvalroq kelgan. Men undan ko‘p narsa o‘rgandim, biz din mavzusida ko‘p gaplashardik. Albatta, men bundan oldin ham ba’zi narsalarni, masalan, Allohning yagonaligi haqida bilardim. Bu men uchun juda qiziq edi», deydi SSKA himoyachisi.
 
«Alhamdulillah. Menga g‘alaba nasib etgani uchun Allohga hamdlar bo‘lsin. Uning inoyati bilan bugun g‘alaba qozondik. Meni kutayotgan qarindoshlarim, xotinim, otam, onam, qaynonam, kichkina qizimga rahmat. Juda asabiy bo‘ldi, lekin biz buni yengib o‘tdik”, dedi xokkeychi muxbirga bergan intervyusida.
 
G‘alaba uchun shampan ichasizmi, degan savolga Yaroslav Diblenko: "Men ichmayman, men musulmonman", deb javob berdi. Shuningdek u namozni sira tark qilmasligini ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rus xokkeychisi: «Men ichmayman, men musulmonman!»