19:06 / 06.05.2023
666

Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya yangi qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda

Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya yangi qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda
Rossiya yangi qurollarni ishlab chiqarmoqda va sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukrainaning “Pershiy” (“Birinchi”) telekanali efirida ma’lum qildi.
 
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ayni damda Rossiyada ayrim turdagi qurollarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va yangi qurollarni sinovdan o‘tkazish davom etmoqda.
 
Endi bosqinchilar ma’lum qurollarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishni davom ettirishmoqda. Bizga ular taktikani o‘zgartirgandek tuyulishi mumkin, ammo bu ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda urushning borishi bilan bog‘liq holat”, — dedi Malyar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo