23:55 / 08.05.2023
669

9 may kuni Moskvadagi paradga besh davlat rahbari boradi

9 may kuni Moskvadagi paradga besh davlat rahbari boradi
Foto: Getty Images
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 9 may «G‘alaba kuni»ga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkaziladi. O‘zbekistonda bu «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanadi.
 
Paradda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
 
E’tiborlisi, dastlab Rahmon Dushanbedagi bayram tadbirida ishtirok etishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi. Biroq oradan bir soat o‘tib Tojikiston prezidenti matbuot xizmati uning Moskvaga uchayotganini ma’lum qildi.
 
Shu tariqa, bu yil 5 ta davlat rahbari Moskvaga boradi. Ularning barchasi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan taklifnoma olgan. Shu bilan birga, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Kreml hech qanday maxsus taklifnoma yubormasligini, chunki Ikkinchi jahon urushi tugaganining 78 yilligi yubiley sana emasligini aytgan edi.
 
Qayd qilish joiz, 2022 yili birorta davlat yetakchisi paradga taklif qilinmadi. «Hech kim taklif qilinmadi», degan edi Peskov jurnalistlarning savoliga javob berar ekan. Xuddi hozir bo‘lgani kabi, bu yubiley sana emasligini ta’kidlab.
 
«9 may bizning bayramimiz, barcha rossiyaliklar uchun muqaddas bayram», degan edi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo