Pokiston muxolifati mamlakat sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi «Tehriki Insaf» partiyasi rahbari Imron Xonning hibsga olinishi ortidan ommaviy norozilik namoyishlariga chaqirdi.
«Sizning vaqtingiz keldi, Pokiston xalqi. Xon har doim sizni himoya qilgan, endi uni himoya qilish vaqti keldi», deyiladi partiya akkauntidagi postda.
Xabar qilinishicha, Imron Xon “Al-Qodir” ishi bo‘yicha Milliy hisobot byurosi tomonidan hibsga olingan.
Avvalroq iqtisodiy razvedka Imron Xon, uning rafiqasi va «Tehrik-i-Insaf» yetakchilariga nisbatan tergov boshlagan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular birgalikda «Al-Qodir universiteti»ni yaratish bo‘yicha uyushma tashkil etishgan va bu Pokiston budjetiga 50 milliard rupiy miqdorida zarar yetkazgan.
Pokistonning muxolif “Tehriki Insaf” partiyasi tarafdorlari va faollari seshanba kuni mamlakatning yirik shaharlarida sobiq bosh vazir va JMJ raisi Imron Xonning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda seshanba kuni partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar Islomobod, Peshovar, Xaripur, Abbotobod, Sialkot, Faysalobod, Ravalpindi, Lohur va mamlakatning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari vakillariga namoyishlarni yoritishga ruxsat berilmagan, partiya tarafdorlarini tarqatib yuborish uchun kuchli ta’sir qilish usullari, jumladan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar