![Lukashenko ommaga ko‘rinish bermay qo‘ydi: turli taxminlar yangramoqda](/uploads/posts/2023-05/920__95_3671371350.jpg)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan Davlat ramzlari kunini nishonlash marosimiga kelmadi.
Tadbirda prezident o‘rniga Bosh vazir Roman Golovchenko bayram munosabati bilan murojaatnomani o‘qib eshittirgan.
Aleksandr Lukashenko oxirgi marta 9 may kuni omma oldiga chiqqandi. Dastlab u Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashgan, ammo Kremldagi norasmiy nonushtada ishtirok etmagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus rahbari Minskdagi tadbirlar tufayli ketganini tushuntirgan.
Keyinroq Aleksandr Lukashenko Belarus poytaxtidagi G‘alaba maydonidagi haykalga gul qo‘yish marosimida qatnashdi, biroq tantanali nutq so‘zlamadi.
Belarusning «Nasha Niva» gazetasi Lukashenko virusli kasallikka chalingani bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.
Avvalroq OAV Lukashenko zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar