Erdo‘g‘on saylovning ikkinchi bosqichida kim yutishini aytdi


Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
«28 may kuni 14 mayga nisbatan ko‘proq foiz ovoz olamiz va g‘alaba qozonamiz. Umid qilamanki, bu tarixiy natija bo‘ladi», — deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, yakuniy natijalarga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 49,51 foiz ovoz oldi.
Muxolifatchi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 44,88 foiz ovoz to‘pladi.































Izohlar 0
…