Foto: Getty Images
Qo‘shma Shtatlarda inson tanasidan zararli radioaktiv moddalarni chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan yangi preparat sinovdan o‘tkazilmoqda.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, qirq nafarga yaqin ko‘ngillilar HOPO 14-1 preparatini turli dozalarini qabul qilishadi. Shifokorlar nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishini va ko‘ngillilar sog‘lig‘ini kuzatib boradilar.
Kaliforniyada joylashgan SRI International xalqaro instituti tadqiqoti rahbarlari birinchi bosqich natijalari 2024 yilda kutilayotganini ma’lum qilishdi.
Nashr ta’kidlaganidek, hozirgi kunda odamlarga radioaktiv plutoniy, ameritsiy yoki kyuriy ta’siridan yordam beradigan in’eksiya yo‘li bilan qo‘llaniladigan ikkita dori allaqachon ishlab chiqilgan.
Radiatsiyadan himoya qilish uchun yod tabletkalaridan foydalanish ko‘p yillardan beri olimlarga ma’lum - ular 1986 yilda Chernobil AES avariyasidan keyin odamlarga berilgan.
Yana bir dori - kaliy geksatsianoferrat inson tanasidan radioaktiv seziy va talliyni chiqarib tashlashga yordam beradi.
Agar HOPO 14-1 samarali bo‘lsa, odamlarni plutoniy, ameritsiy va kyuriydan tashqari, «iflos bombalar» deb ataladigan qurollarni ishlab chiqishda qo‘llanadigan uran va neptuniydan ham himoya qilish mumkin bo‘ladi. Agar antidot samarali bo‘lsa, u odamlarni yadroviy avariyalar yoki terroristik hujumlardan himoya qilishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar