13:09 / 18.05.2023
550

“Ukraina rahbariyati tajribasiz”. Kissinjer mamlakatni himoya qilish yo‘lini aytdi

“Ukraina rahbariyati tajribasiz”. Kissinjer mamlakatni himoya qilish yo‘lini aytdi
Foto: Flickr
Hozir asosiy vazifa Moskva va Kiyev orasidagi mojaroga barham berish, ular o‘rtasida keyingi qarama-qarshilik uchun sharoit yaratmaslik. Buni esa Ukrainani NATOga qabul qilish orqali ta’minlash mumkin, chunki “mamlakat rahbariyatining o‘zi tajribasiz”. Bunday fikrlarni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va sobiq davlat kotibi, 99 yoshli Genri Kissinjer The Economist nashriga bergan intervyusida bildirdi.
 
Kissinjerning fikricha, tinchlik shartnomasi qanday versiyada bo‘lmasin Rossiya Qrimning eng yirik shahri va Qora dengiz floti bazasi bo‘lgan Sevastopolni o‘zida saqlab qoladi. Moskva ayrim pozitsiyalaridan ayrilmoqda, ammo boshqalarini saqlab qolmoqda. Bunday natija har ikki tomonni ham qoniqtirmasligi mumkin, bu esa yangi qarama-qarshilik omiliga aylanadi.
 
Hozir yevropaliklar (Ukrainaning alyansdagi istiqbollari haqida) aytayotgan gaplar, menimcha, juda xavfli. Chunki yevropaliklar: 'Biz ularni NATOda ko‘rishni istamaymiz, chunki bu katta tavakkal. Shuning uchun ularga eng zamonaviy qurollarni beramiz' demoqda”, — ta’kidladi Kissinjer va Ukrainani “Eng yaxshi qurollangan, ammo rahbariyatining strategik tajribasi eng kam bo‘lgan Yevropa mamlakati” deb atadi.
 
Sobiq davlat kotibi Ukrainani himoya qilish va shu bilan birga hududiy da’volardan uzoq tutish uchun uni NATOga qabul qilishni taklif qildi.
 
Kissinjer, shuningdek, Rossiya va Xitoy Ukraina bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga shubha qildi. Intervyuda u Moskva va Pekin AQSHga nisbatan shubhada ekanini tan oldi, biroq o‘zlarida ham bir-biriga instinktiv ishonchsizlik borligini aytdi.
 
Men hech qachon Xitoy haqida yaxshi gapirgan Rossiya rahbarini uchratmaganman. Rossiya haqida yaxshi gap aytgan Xitoy rahbarini ham uchratmaganman”, — dedi Kissinjer.
 
Xitoyning urishni hal qilishdagi ishtiroki milliy manfaatlar bilan izohlanadi, deydi u. Siyosatchi Pekin Rossiyani qoralashdan bosh tortayotgani, biroq ayni paytda Ukrainani mustaqil davlat sifatida saqlab qolish zarurligi haqida gapirib, yadro qurolidan foydalanish ehtimolini qoralayotganini qayd etdi. Kissinjer Pekin hatto Ukrainaning NATOga kirishini ham ma’qullashini istisno qilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Ukraina rahbariyati tajribasiz”. Kissinjer mamlakatni himoya qilish yo‘lini aytdi