date
views 123

Montana AQSH shtatlaridan birinchi bo‘lib TikTok'ni rasman taqiqladi

Montana AQSH shtatlaridan birinchi bo‘lib TikTok'ni rasman taqiqladi
Foto: Quartz
Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish AQSHning Montana shtatida qonun bilan taqiqlandi. Shtat gubernatori Greg Janforte TikTok'ni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
 
Janforte ushbu taqiqni shtat aholisining shaxsiy ma’lumotlarini Xitoy Kommunistik partiyasidan himoya qilish bilan izohladi. Uning fikricha, TikTok milliy xavfsizlikka xavf soladi.
 
Gubernatorning aytishicha, u shtatda “xorijiy dushmanlarga” ma’lumotlarni uzatuvchi har qanday dasturni bloklash haqida buyruq bergan.
 
Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi hukumatga TikTok va Amerikaga do‘st bo‘lmagan mamlakatlarning shunga o‘xshash boshqa dasturlarini taqiqlash huquqini beruvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Mahalliy hokimiyat ularni milliy xavfsizlik uchun tahdid deb biladi. Avvalroq AQSH hukumati qurilmalarida TikTok'dan foydalanish taqiqlangan edi.
 
Bundan tashqari AQSH davlat universitetlarining ba’zilarida talabalarga kampusga tegishli Wi-Fi tarmoqlari orqali TikTok'dan foydalanish taqiqlangan. Rew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHdagi o‘smirlarning uchdan ikki qismi tarmoqdan foydalanadi va bu yoshlar orasida YouTube'dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. TikTok vakillari ushbu cheklovlardan xavotirda ekanini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Montana AQSH shtatlaridan birinchi bo‘lib TikTok'ni rasman taqiqladi