11:44 / 19.05.2023
358

Baxmutdagi vaziyat: Ukraina kuchlari oldinga siljiyotgani ma’lum qilindi

Baxmutdagi vaziyat: Ukraina kuchlari oldinga siljiyotgani ma’lum qilindi
Foto: Donbas Frontliner
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut uchun janglarda ma’lum hududlarda ilgarilagani haqida ma’lum qildi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Baxmut shimolida, 18 may kuni bo‘lib o‘tgan janglarda Ukraina kuchlari ayrim hududlarda yarim kilometr oldinga siljishga muvaffaq bo‘lgan.
 
Baxmutning janubiy chekkasida, Malyarning ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari hujumga o‘tishga va ilgari yo‘qotilgan pozitsiyalarni qaytarishga uringan, biroq yo‘qotishlarga uchragan, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari esa u yerdagi hududlarda bir kilometr ilgarilashga muvaffaq bo‘lgan.
 
Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ukraina harbiylari Baxmutning janubi-g‘arbiy qismini nazorat qilishda davom etayotganini aytdi, ammo Rossiya qo‘mondonligi “zaxiradagi kuchlarining katta qismini shaharga tortib kelgani va bo‘linmalarni sezilarli darajada kuchaytirgani”ni da’vo qilgandi.
 
BBC rus xizmati ta’kidlaganidek, Malyarning bayonoti Baxmutda sodir bo‘layotgan voqealarning umumiy manzarasini tasdiqlaydi, bu haqda so‘nggi bir necha kun ichida turli manbalar yozmoqda: “Vagner” guruhi yollanma askarlari Baxmut shahri chegaralarida siljishga harakat qilmoqda, Ukraina qo‘shinlari esa aholi punktini o‘rab turgan qanotlarda oldinga bormoqda.
 
“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin, o‘z navbatida, Baxmutda yollanma askarlar ba’zi joylarda “400 metr” oldinga yurgani, Ukraina harbiylari esa shaharning atigi “bir kvadrat kilometrini” ushlab turganini da’vo qilmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baxmutdagi vaziyat: Ukraina kuchlari oldinga siljiyotgani ma’lum qilindi