Ukrainada urushning 458-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 28 mayga o‘tar kechasi, Shahar kuni arafasida Kiyev keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon dronlarning «eng yirik hujumi»ga yo‘liqdi. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, 50 dan ortiq uchuvchisiz uchar qurilmalarini urib tushirgan. Tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.
- Rostov oblastida anneksiya qilingan «LXR»dan bo‘lgan 39 nafar qurollangan dezertirdan iborat guruh qidirilmoqda. Ularning barchasi — «Shtorm Z» otryadidagi sobiq mahbuslar bo‘lib, Lisichanskdan qochib ketishgan.
- Anneksiya qilingan «DXR»da ham yetti nafar sobiq mahbuslar dezertirlik qilgan. Ulardan besh nafari qo‘lga olingan, yana birini taslim bo‘lmoqchi bo‘lganida o‘ldirishgani aytilgan, yana bir kishi qidirilmoqda.
- Tver oblastining Yeroxino qishlog‘i yaqinida, «Drujba» neft quvuriga xizmat ko‘rsatuvchi neftni qayta ishlash stansiyasiga dronlar hujum qildi. Shuningdek, Pskov oblasti Litvinovo qishlog‘idagi ma’muriy binoda ham portlash bo‘lgan. Rasmiylar bu portlash sababini ochiqlamagan.
- Kursk oblastida minomyot zarbasi oqibatida davlat chegarasida mudofaa liniyasini barpo etishda ishlayotgan quruvchi halok bo‘lgan.
- Bryansk oblastida kamikadze dron hujumi oqibatida RF mudofaa vazirligi avtomobilida, Brovnichi — Sushani yo‘li bo‘ylab harakatlangan ikki harbiy halok bo‘ldi.
- Belgorod oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, ikki o‘smir yaralangan.
Kiyevda dron portlashi

Bogorodichnoye qishlog‘idagi kundalik hayot

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA


Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmut atrofida yakson etilgan texnika

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning turli hududlaridan suratlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar