12:33 / 29.05.2023
646

San’atni tark etib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan jahonga mashhur shaxslar (foto)

San’atni tark etib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan jahonga mashhur shaxslar (foto)

Shou-biznes yulduzlari qanday qilib butunlay normal hayot kechirishini tasavvur qilish qiyin: dushanbadan jumagacha ishga borish va o‘z ishi uchun o‘rtacha maosh olish holati ularga mos kelmaydi. Biroq ayrim mashhurlar ofitsiant, oshpaz, sotuvchi, sartarosh va vizajist sifatida ishlash uchun shon-shuhrat va hashamatdan voz kechgan. Quyida shu kabi mashhurlar haqida ma’lumot beriladi.

Meri-Keyt va Eshli Olsen

Egizaklar Meri-Keyt va Eshli Olsen 11 yoshida “Men va mening soyam” komediyasi premyerasidan so‘ng boyib ketdi. Shundan so‘ng ular 12 dan ortiq loyihada suratga tushdi, egizaklar ishtirokidagi “Afishadagi dada”, “Parijga pasport”, “O‘rin almashamiz”, “Bir kuni Rimda” filmlar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Aktrisalarning birgalikdagi so‘nggi ishi 2004-yilda “Nyu-Yorkdagi lahzalar” filmi edi. Shundan so‘ng, Meri-Keyt yana 6 ta filmda epizodik rollarni ijro etdi (ular orasida eng mashhurlari — “Men Endi Uorxolni aldadim” va “Qo‘rqinchli chiroyli” filmlari), Eshli esa kino olamini tark etdi.

Biroq opa-singil Olsenlar prodyuserlik kompaniyasining egasi bo‘ldi, kiyim-kechak va parfyumeriya dizaynini yaratish bilan shug‘ullandi va Forbes jurnalining eng boy ayollar ro‘yxatiga kiritildi. Egizaklar haligacha moda va go‘zallik sababli aktyorlik kasbini o‘zgartirganini izohlamaydi.

Foto: Wday 

Nikki Blonski

Nikki Blonski 2007-yilda “Soch uchun lak” musiqiy filmidagi bosh roli bilan mashhur bo‘lgan. Shundan keyin uning karyerasi yuqoriladi. Aktrisa “Qirol o‘lchami”, “Garold”, “Abadiylikni kutish” komediyalarida rol o‘ynagan.

Aktrisa 2011-yilda sartaroshlik litsenziyasini oldi va o‘zining tug‘ilgan shahri Buyuk Nekdagi go‘zallik salonida ishlay boshladi. Muxlislari baxtiga Nikki kino olamini vaqtinchalik tark etdi. Aktrisa ikki yil dam olganidan so‘ng, suratga olish maydonchasiga qaytdi, biroq u faqat ikkinchi darajali qahramonlarni o‘ynay boshladi.

Foto: Wday 

Kichkina shahzoda Freddi

70-yillarning mashhur komediya ustasi Shahzoda Freddining o‘g‘li Kichkina shahzoda Freddi birinchi rolini 1995-yilda “Matterslar oilasi” teleserialida ijro etdi. Keyinchalik aktyor, asosan, yoshlar uchun suratga olingan “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman”, “Bu hammasi shu”, “Ostin-ustun”, “Yozgi o‘yinlar” va boshqa komediyalarda suratga tushdi.

2000-yillarning boshida aktyor hamkasbi Sara Mishel Gellarga uylandi va namunali turmush o‘rtoq va otaga aylandi. O‘sha paytdan boshlab, u ko‘pchilikni hayratda qoldirib, filmlarda kam rol o‘ynay boshladi. Aktyor bu loyihalarda epizod rollarni ijro etdi. Kichik Shahzoda Freddi oshpaz bo‘lish va restoran biznesiga kirish orzusini ro‘yobga chiqarish uchun kino olamini tark etdi.

Foto: Wday 

Jizel Byundxen

Jizel Byundxen 14 yoshida modellik faoliyatini boshlagan va oradan 20 yil o‘tib bu sohani tark etgan. U 2014-yilda charchagani, oila, xayriya va shaxsiy biznes loyihalariga e’tibor qaratmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

Bu vaqtga kelib u yaxshi aloqalar va moliyaviy kapitalga ega bo‘ldi (turli nashrlarning reytinglariga ko‘ra, Jizel Byundxen bir necha bor podiumning eng boy yulduzlari orasida birinchi o‘rinni egallagan), shuning uchun u gonorarlar va kontraktga muhtoj emas edi.

Foto: Wday 

Kris Ouen

Kris Ouen 50 ga yaqin filmda suratga tushgan. Biroq aktyor deyarli barcha filmlarda epizodik rollarni ijro etdi va ko‘pchilik uni “Amerika pirogi” komediyasi orqali taniydi. Aktyorni yaqinda Nyu-York chekkasidagi sushi-barda uchratib qolishgan va u muassasada tushlik yoki kechki ovqat tayyorlovchi emas, ofitsiant bo‘lib ishlagan.

Foto: Wday 

Ariana Richards

Ariana Richards birinchi marta 1978-yilda, 8 yoshida “Tilla qizlar” serialida ekranga chiqqan. Keyinchalik u yoshligida yana sakkizta filmda, jumladan, “Zilzila” va “Yura davriga sayohat” loyihalarida rol o‘ynadi. Uning so‘nggi filmi 2011-yilda 14 yillik tanaffusdan so‘ng “Zilzila-3” loyihasi bo‘ldi.

Shundan keyin hech kim Arianani suratga olish maydonchasida uchratmadi. Hozirgi kunda hamma Richardni iste’dodli rassom sifatida biladi. Aytgancha, uning suratlaridan biri Stiven Spilbergning shaxsiy kabinetida turadi.

Foto: Wday 

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » San’atni tark etib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan jahonga mashhur shaxslar (foto)