
Harbiy safarbarlikdan qochib, Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan Rossiya fuqarosi D. ushlandi va sud tomonidan bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qayd etilishicha, D. xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lmagan va avval sudlanganligi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qaramay, Rossiyadagi harbiy safarbarlikdan qochgan holda Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Erkak taksida Olmaota (Qozog‘iston) shahriga, so‘ngra u yerdan Qirg‘iziston chegarasiga borib, Chuy viloyatidagi «Havayi» mehmonxonasi yaqinida O‘zbekiston Respublikasining soxta pasportidan foydalanib, chegaradan o‘tgan.
Sud jarayonida erkak o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan, qilmishidan pushaymonligini bildirgan.
Bishkek shahri sudi uni bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy rejimdagi koloniyada o‘tashga hukm qildi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, rossiyalik Qirg‘izistondan chiqarib yuboriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar