Foto: cbc
Xitoy o‘zining "Tyangun" orbital stansiyasiga uch ekipaj a’zosi bilan “Shenchjou-16” kosmik kemasini jo‘natdi. Uchirish 30 may, seshanba kuni Pekin vaqti bilan soat 09:31da (Toshkent vaqti bilan 06:31) mamlakat shimolidagi Szyutsyuan kosmodromidan "Chanchjen-2F" raketa tashuvchisi yordamida amalga oshirildi. Uni Xitoy markaziy televideniyesi jonli efirda namoyish etdi.
Keyinroq Xitoyning boshqariladigan kosmik parvozlar dasturi bo‘yicha boshqarmasi uchirish muvaffaqiyatli o‘tganiga aniqlik kiritdi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik kema aniq belgilangan orbitaga chiqqan va normal ishlamoqda.
Ekipaj komandiri, general-mayor Szin Xaypen uchun ushbu hodisa to‘rtinchi kosmik parvoz bo‘lib, bu Xitoy astronavtikasi uchun rekorddir. Bortda undan tashqari muhandis Chju Yanchju va foydali yuklama bo‘yicha mutaxassis Guy Xaychao ham bor. Ular stansiyada ishlaydigan taykonavtlarning hozirgi uchligini almashtiradi.
Guy Xaychao - tarixdagi birinchi fuqarolik taykonavti: hozirgacha XXRdan faqat Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi zobitlari koinotga uchgan. Pekindagi Beyxan universiteti professori, 36 yoshli Guy Xaychao stansiyadagi vaqtida ilmiy tajribalar o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi