00:08 / 31.05.2023
701

Putin: Moskvaga hujum Kiyevning Ukraina razvedka boshqarmasiga qilingan hujumga javobidir

Putin: Moskvaga hujum Kiyevning Ukraina razvedka boshqarmasiga qilingan hujumga javobidir
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahriga dronlar yordamida uyushtirilgan hujumlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki-uch kun avval Ukraina razvedka boshqarmasiga Rossiya tomonidan zarba berilgan. Shuning uchun, 30 may kuni Moskvaga dronlar yordamida hujum qilingan.
 
«Biz qaror qabul qilish markazlariga zarba berish imkoniyati haqida avval ham aytganmiz. Albatta, ayrim toifalar ... ikki-uch kun oldin hujumga uchragan Ukraina harbiy razvedka shtabiga ham tegishli. Bunga javoban Kiyev rejimi boshqa yo‘lni tanladi - Rossiyani, Rossiya fuqarolarini qo‘rqitishga urinish va turar joy binolariga zarba berish yo‘lini. Bu, albatta, terrorchilik harakatining belgisidir», dedi Putin.
 
Ukraina harbiy razvedka shtabiga Rossiya tomonidan hujum qilingani haqida avval hech qanday xabar berilmagan edi.
 
Moskva va Moskva viloyatiga uchuvchisiz samolyotlar hujumi 30 may kuni ertalab amalga oshirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda 25 ga yaqin dron ishtirok etgan. Kamida 3 ta dron turar joy binolari ustiga qulagan, ulardan birida portlamay qolgan qurilma bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Moskvaga hujum Kiyevning Ukraina razvedka boshqarmasiga qilingan hujumga javobidir
ePN