17:35 / 31.05.2023
569

Rossiya, Ukraina va Belarus chegarasida joylashgan “Uch opa-singil” monumenti yonida portlash yuz berdi (video)

Rossiya, Ukraina va Belarus chegarasida joylashgan “Uch opa-singil” monumenti yonida portlash yuz berdi (video)
31 may kuni Telegram kanallarda Rossiya, Ukraina va Belarus chegarasida joylashgan “Uch opa-singil” monumenti yaqinida sodir bo‘lgan portlash videosi tarqaldi, deb yozadi Meduza.
 
Ukraina chegara xizmati portlash 30 may kuni tushdan keyin Rossiya tomonidan sodir etilganini xabar qildi.
 
Chegara xizmati vakili Andrey Demchenkoning “Ukrainskaya pravda” nashriga aytishicha, rossiyaliklar Chernigovdan Bryanskka olib boruvchi yo‘lni portlatgan — ular Ukraina qo‘shinlarining bu yo‘l orqali viloyat markaziga hujum qilishidan qo‘rqib shunday chorani qo‘llagan bo‘lishi mumkin.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1663872243263209475?s=20]
'Uch kunda Kiyevni olamiz' rubrikasidan 'O‘zimiz qo‘lga olinmaslik uchun yo‘llarni portlatamiz'ga o‘tishgandir”, — dedi u.
Rossiya va Belarus chegara xizmatlari hozircha chegaradagi portlashga izoh bermadi.
 
“Uch opa-singil” yodgorligi Gomel, Bryansk va Chernigov viloyatlari chegaralari tutashgan joyda 1975 yil may oyida ochilgan. Yodgorlik uchta “ittifoq respublikasi” do‘stligiga bag‘ishlangan edi.
 
Mart oyi boshida Rossiya hukumati Bryansk viloyatidagi Lyubechane va Sushaniy qishloqlariga “Ukrainaning diversant guruhi” kirib kelgani haqida e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin voqeani “terakt” deb atadi. Bosqin uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” o‘z zimmasiga oldi. Ukraina hukumati ushbu aksiyada ishtirok etmayotganini ta’kidladi.
 
 22 may kuni Belgorod viloyati hokimiyati “Ukraina Qurolli kuchlarining diversant-razvedka guruhi” Grayvoron shahar okrugi qishloqlariga kirganini e’lon qildi. Glotovo, Kozinka va Gora-Podil aholi punktlarida janglar kechgani xabar qilindi. Ertasi kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar ukrainalik “diversantlarni mag‘lub etgani” haqida xabar berdi. Voqea uchun javobgarlikni Ukraina tomonida jang qilayotgan “Rossiya ozodligi” legioni va “Rossiya ko‘ngillilar korpusi” o‘z zimmasiga oldi. Ukraina rasmiylari jangovar harakatlarni faqat o‘z hududida olib borayotganini va Rossiyadagi nishonlarga hujum qilmasligini yana bir bor ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya, Ukraina va Belarus chegarasida joylashgan “Uch opa-singil” monumenti yonida portlash yuz berdi (video)
ePN