16:06 / 01.06.2023
580

Tojikistonda askarlarni ayovsiz kaltaklagan podpolkovnik va harbiy xizmatchilar uzoq yilga qamaldi

Tojikistonda askarlarni ayovsiz kaltaklagan podpolkovnik va harbiy xizmatchilar uzoq yilga qamaldi
Videodan kadrlar
Tojikistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Chegara qo‘shinlarining 0215-sonli harbiy qismida askarlarning ommaviy kaltaklanishi ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. “Fergana” yozishicha, 4 nafar ayblanuvchi 9 yarim yilga, yana to‘rt nafari, jumladan, “Vorux” birinchi chegara komendaturasi boshlig‘i podpolkovnik Nuzhat Lazuriyev 11 yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
 
Hukmni Tojikiston Oliy sudi harbiy hay’ati 30 may kuni e’lon qilgan, sud jarayoni Xo‘jand harbiy garnizoni binosida bo‘lib o‘tgan.
 
Mazkur ish bo‘yicha ayblanuvchilar shu yilning aprel oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston armiyasining askarlari ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqalgach, hibsga olingan edi. Harbiy prokuratura videoni o‘rganib chiqib, voqea 2022 yil 15 dekabrda sodir bo‘lganini aniqladi.
 
“Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining 0215-sonli harbiy qismi harbiy xizmatchilari serjant Jonibek Qosimzoda, oddiy askarlar Faxriddin Azimov, A’zam Kamolov, Mahmadnazar Nozimov va Xojiakbar Sayfulloyevlar qonunchilikni qo‘pol ravishda buzgan holda, o‘z hamkasblari — kichik serjant Mehmonjon Misirov, oddiy askarlar Bekzod Choriyev, Zamir Karimzoda, Nekruz Amirov va Alisher Musoyevlarni kaltaklab, ularning sog‘lig‘iga shikast yetkazgan”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
 
Tojikiston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari qo‘mitasiga yuborgan hisobotida aytilishicha, birgina 2019—2021 yillar oralig‘ida tojik armiyasida 100 dan ortiq askar zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan. Tojikiston Bosh prokuraturasi oxirgi uch yil davomida harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyatlarni yashirgan 639 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda askarlarni ayovsiz kaltaklagan podpolkovnik va harbiy xizmatchilar uzoq yilga qamaldi
ePN