19:00 / 01.06.2023
131

Braziliya sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanib qamaldi

Braziliya sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanib qamaldi

Foto: AP Photo/Eraldo Peres
Braziliya Oliy sudi 1990-1992 yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan Fernandu Kolor di Meluni poraxo‘rlik va pul yuvishda ayblab, 8 yil-u 10 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Braziliya sobiq prezidenti Fernandu Kolor di Melu korrupsiya ishi bo‘yicha 8 yil-u 10 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. 31 may, chorshanba kuni Braziliya Oliy sudi 73 yoshli sobiq davlat rahbarini poraxo‘rlik va pul yuvishda aybdor deb topdi.

Sud 2010-2014 yillarda, prezidentlikdan ketganidan keyin Senat a’zosi bo‘lgan Kolor di Melu shartnoma imzolash imkoni evaziga Petrobras neft kompaniyasi shu’ba korxonasi bo‘lgan BR Distribuidora energetika kompaniyasidan katta miqdorda pora olganini isbotlangan holat deb topdi. Kolor di Melu hukm to‘liq e’lon qilinganidan keyin apellyatsiya berishi mumkin. Jarayon 2014 yilda yuzlab siyosatchilar, davlat xizmatchilari va biznesmenlar ishtirok etgan Lava Jato korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq.

Fernandu Kolor di Melu 1989 yilda harbiy diktatura qulaganidan keyin Braziliyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylangan birinchi prezidenti bo‘ldi va 1990 yilda lavozimga kirishgan. 1992 yil dekabr oyida saylov kampaniyasiga pul undirish va korrupsiya mojarosi fonida u iste’foga chiqdi. 1994 yilda dalil yo‘qligi sababli sud uni oqladi. Keyinchalik, Kolor di Melu siyosatga qaytdi va 2023 yil fevraligacha Alagoas shtatidan senator bo‘lgan. 2015 yilda sud sobiq prezidentga qarshi yangi tergov boshladi.

Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva korrupsiya va pul yuvishda ayblanib, qamoq jazosini o‘tagan edi. 580 kunlik qamoqdan so‘ng Oliy sud Lula da Silvaga nisbatan chiqarilgan hukmni rasmiy sabablarga ko‘ra bekor qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanib qamaldi
ePN