07:30 / 02.06.2023
142

Peskov: “Davlat xizmatchilari tomonidan rasmiy maqsadlarda iPhone'dan foydalanish taqiqlangan”

Peskov: “Davlat xizmatchilari tomonidan rasmiy maqsadlarda iPhone'dan foydalanish taqiqlangan”

Apple telefonlaridan davlat xizmatchilari tomonidan rasmiy maqsadlarda foydalanish mumkin emas va taqiqlangan, dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Albatta, bu gadjetlarning barchasi mutlaqo shaffof ekanligini hamma tushunadi. Bu yerda aldanishning hojati yo‘q. Va, albatta, ulardan rasmiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu taqiqlangan”, — dedi Kreml matbuot kotibi.

Shu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyatining ayrim xodimlari hanuzgacha bunday gadjetlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xodimlar taxminan 20-30 foizni tashkil qiladi. Qolganlari Android telefonlardan foydalanadi.

Men bilaman, kimdir allaqachon iPhone'dan voz kechmoqda, kimdir ulardan foydalanishda davom etmoqda”, — dedi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mansabdor shaxslarga bunday gadjetlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishning taqiqlanishi yoki ruxsat berilishi maxsus xizmatlar tavsiyalariga bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya FXB AQSH Milliy xavfsizlik agentligi bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi Apple kompaniyasi smartfonlarida zararli dasturlar topilganini ma’lum qilgandi. Gap Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar xodimlariga tegishli smartfonlar haqida bormoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: “Davlat xizmatchilari tomonidan rasmiy maqsadlarda iPhone'dan foydalanish taqiqlangan”
ePN