08:23 / 02.06.2023
586

Qozog‘iston: Rossiya-Ukraina chegarasiga tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqida mudofaa vazirligi munosabati

Qozog‘iston: Rossiya-Ukraina chegarasiga tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqida mudofaa vazirligi munosabati

Harbiy kontingentning mamlakatdan tashqaridagi har qanday yo‘nalishi parlament tomonidan tasdiqlanadi, deb aytgan Sulton Kamaletdinov.

Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov Rossiya-Ukraina chegarasiga qozog‘istonlik tinchlikparvar kuchlarni yuborish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

Bunday xavflar yo‘q. Birinchidan, bu davlatning ixtiyoriy ishtiroki. Ikkinchidan, harbiy kontingentning davlatdan tashqariga yuborilishi parlament tomonidan tasdiqlanadi”, — degan Kamaletdinov.

Agar parlament ma’qullasa, tabiiyki. Biz parlament uchun javob bera olmaymiz, biz Mudofaa vazirligi uchun mas’ulmiz”, — deya qo‘shimcha qilgan vazir o‘rinbosari.

O‘tgan yili xuddi shunday savolga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov izoh bergan edi.

“KXSHT mas’uliyat zonasi tashkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan hududlari bilan aniq belgilangan va bu hududlar doirasida kollektiv xavfsizlik ta’minlangan. KXSHTning Rossiya-Ukraina mojarosi zonasida ishtirok etishi masalasi kun tartibida yo‘q”, — degandi Smadiyarov o‘shanda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston: Rossiya-Ukraina chegarasiga tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqida mudofaa vazirligi munosabati
ePN