
Dnepropetrovsk viloyati politsiya boshqarmasi boshlig‘i Sergey Lisakning so‘zlariga ko‘ra, 20 kishi jarohat olgan, hozirda vayronalar ostiga qolgan odamlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.
«Raketa zarbasi oqibatida kamida 20 kishi jarohat oldi, uch nafar bolaning ahvoli og‘ir, ular operatsiya qilinmoqda. Hozirgacha jami 17 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishni davom ettirmoqdalar, u yerda yana bolalar bo‘lishi mumkin», — deya ma’lum qildi Sergey Lisak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya raketasi Dnepr chekkasidagi ikki turar-joy binosi orasiga kelib tushgan. Natijada binolar qulab tushgan va yong‘in sodir bo‘lgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xodimlari to‘rt kishini vayronalar ostidan olib chiqilganini ma’lum qildi. Voqea joyida 85 nafar qutqaruvchi va 18 birlik maxsus texnika ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar