20:44 / 05.06.2023
1 181

“Sharmandalik! Shoygu, Gerasimov”: Prigojin Rossiya mudofaa vazirini “geroy” bo‘lishga chaqirdi

“Sharmandalik! Shoygu, Gerasimov”: Prigojin Rossiya mudofaa vazirini “geroy” bo‘lishga chaqirdi
Foto: Videodan kadr
Rossiya qo‘shinlari Baxmutdan shimoli-g‘arbda joylashgan Berxovka qishlog‘ining bir qismi ustidan nazoratni yo‘qotdi. Bu haqda “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.
 
Uning ta’kidlashicha, may oyida Ukraina armiyasining Baxmut atrofida o‘tkazgan mahalliy qarshi hujumi paytida rus qo‘shinlari hukmron g‘arbiy balandlikdan sharqda joylashgan Berxovkaga chekingan. Shu bilan birga, Rossiya Bosh shtabi buni “mudofaa uchun foydaliroq pozitsiyalarga qayta guruhlash” deb atagan.
 
Hozirda Berxovka aholi punktining bir qismi allaqachon qo‘ldan boy berilgan, qo‘shinlar asta-sekin chekinmoqda. Sharmandalik! Shoygu, Gerasimov, men sizni frontga kelishga, armiya oldinga siljishi uchun pistolet bilan ularni boshqarishga chaqiraman. Olg‘a, sizlarning qo‘lingizdan keladi. Agar qila olmasangiz, qahramonlarcha o‘ling”, — dedi Prigojin.
 
Ma’lumot uchun, Berxovka shunday pozitsiyada joylashganki, uning ozod qilinishi bosqinchilar uchun Baxmut atrofidagi butun shimoliy qanotning sezilarli darajada zaiflashishini anglatadi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Sharmandalik! Shoygu, Gerasimov”: Prigojin Rossiya mudofaa vazirini “geroy” bo‘lishga chaqirdi
ePN