Shvetsiyada mamlakatning NATOga kirishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Shvetsiyada mamlakatning NATOga kirishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Shvetsiyada mamlakatning NATOga kirishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Foto: Workers.org

Stokgolmda 500 ga yaqin odam mamlakatning NATOga kirishiga qarshi o‘z noroziligini bildirish uchun namoyish o‘tkazdi.

Ba’zilar “NATOga yo‘q, Shvetsiyadagi Erdo‘g‘on qonunlariga yo‘q” degan bannerlarni ko‘tarib oldilar.

Shvetsiya hukumati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng harbiy ittifoqqa qo‘shilish uchun ariza berdi, biroq deyarli darhol Turkiya va Vengriyaning qarshiliklariga duch keldi.

Anqaraning asosiy da’vosi Turkiya rasmiylari terrorchi deb hisoblaydigan Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolariga Shvetsiyada boshpana berilishi bo‘ldi.

Anqaraning talabidan kelib chiqib, Shvetsiya terrorizmga qarshi yangi qonunlar qabul qildi. Ammo bu qonunlar Turkiya hukumatini qanoatlantiradimi yoki yo‘q, hozircha ma’lum emas.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar