
Eronda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK, Qurolli kuchlarning elit boʻlinmasi) qoʻmondonligi e'lon qilingan tezligi soniyasiga 4,5-5 km boʻlgan yangi gipertovushli «Fattoh» (JAFB1C005400) raketasini taqdim etdi. Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar berdi.
Eron Rossiya, AQSh va Xitoy bilan bir qatorda ushbu texnologiyaga ega boʻlgan toʻrt davlatdan biriga aylandi. Shu bilan birga, Rossiyaning «Kinjal» gipertovushli raketasi maksimal tezligi «Fattoh»ning e'lon qilingan parametrlaridan kamroq.
Marosimda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, IIMK qoʻmondoni, general-leytenant Husayn Salamiy, IIMK Havo va kosmik kuchlar qoʻmondoni, brigada generali Amir Ali Hojizoda ishtirok etdi.
IIMKning bildirishicha, «Fattoh» 1400 kmgacha parvoz masofasiga ega va har qanday havo mudofaa tizimi yoki raketaga qarshi mudofaa tizimini chetlab oʻtib, ularni yoʻq qilishga qodir. Shuningdek, xabarda aytilishicha, raketa radar tizimlari uchun koʻrinmaslik xususiyatiga ham ega.
29 may kuni Amir-Ali Hojizoda Eron yangi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganini ma'lum qildi. Hojizoda nutqidan koʻp oʻtmay Eronning hukumatparast «Jam-i Jam» nashri «Tel-Avivga 7 daqiqa» sarlavhasi bilan maqola chop etdi. Maqola fors, ingliz va ivrit tillarida chop etilgan boʻlib, unda IIMK tomonidan nafaqat Isroilga etib borish, balki barcha raketalarga qarshi mudofaa va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab oʻtib, nishonga aniq zarba berishga qodir boʻlgan gipertovushli raketani yaratish haqida soʻz yuritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!