
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ikki polkning urush zonasiga jo‘natilishi haqida ma’lum qildi.
Chechenistonda Mudofaa vazirligining ikkita yangi “Axmat-Rossiya” va “Axmat-Checheniston” polklari tuzildi, ular yaqinda Ukraina bilan urush bo‘layotgan hududga boradi.
“Bizda tajribali jangchilardan iborat Mudofaa vazirligining ikkita yangi polklari – Axmat-Rossiya va Axmat-Checheniston polklari tuzildi, ular tez orada urush zonasiga boradi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qodirov ayni damda “Shimoliy-Axmat” maxsus polki Marinskiy yo‘nalishidagi jangovar harakatlarda qatnashayotganini aytdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar