12:12 / 11.06.2023
523

Yaponiyalik ayol ota-onasi oldida iymon kalimasini aytib musulmon bo‘lganini e’lon qildi

Yaponiyalik ayol ota-onasi oldida iymon kalimasini aytib musulmon bo‘lganini e’lon qildi
26 yoshli yaponiyalik Saki Takao hayotidagi eng muhim qarorni qabul qilgani haqida gapiradi – u kalimai shahodatni aytib musulmon bo‘lganini e’lon qildi, deb xabar bergan Yaponiyaning Asahi nashri.
 
Qizig‘i, Sakining oila a’zolari uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan va u tug‘ilgan kunida 15 nafar oila a’zolari va yaqinlari oldida shahodat kalimasini aytgan.
 
Takao Yaponiyada tug‘ilib o‘sgan, Osaka universitetlaridan birini tamomlagan va maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. U talabalik yillarida turkmanistonlik bir yigit bilan tanishib qoladi va yoshlar tadbirlarining birida uning spirtli ichimlik ichmasligini payqab qoladi. Qiz bundan cho‘chib undan uzoq bo‘la boshlagan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan yapon qiz Islom haqida fikr qila boshlagan. U hatto musulmon mamlakatlariga sayohat qilishga qaror qilib, avval Turkiyaga, keyin esa Indoneziyaga tashrif buyurdi.
 
Yo‘l-yo‘lakay Takao ko‘plab mehribon odamlarni uchratgani, jumladan, avtobusda nonini baham ko‘rgan musulmon yigit, unga o‘z uyida bir necha kun qolishga ruxsat bergan muslima ayol kabi kishilar uning islom diniga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi.
 
Bu va boshqa o‘zaro ta’sirlar Takaoning musulmonlarga nisbatan qarshiligini asta-sekin zaiflashtirdi. Natijada, musulmonlar va ularning e’tiqodi haqida ko‘proq bilishga qiziqa boshladi.
 
Takao o‘z sinfida Islom haqida gapirib, o‘quvchilari bu dinni “terrorizm” bilan bog‘lashini bilib oldi.
 
"Ayrim odamlarning salbiy taassurotlari qolgan hamma narsaga soya solgandek tuyuldi", deydi u. – O‘quvchilarimning fikrlashi xuddi avvalgi mening fikrlashim kabi edi.
 
Takao din haqida ko‘proq bilish uchun masjidga tez-tez bora boshladi. U deyarli har hafta u yerga borib, alkogol va cho‘chqa go‘shti solinmaydigan, islom qoidalari asosida tayyorlangan halol taomlarni tatib ko‘rdi.
 
Takao, shuningdek, Ramazon ro‘zasini ham tutdi.
 
Yapon ayolining Islom va musulmonlar haqidagi g‘oyasi tubdan o‘zgardi. Nihoyat, Takao islomni qabul qilishga qaror qildi. U niyatini ota-onasi bilan baham ko‘rdi. Uning ota-onasi ham uning boshqa dinni qabul qilishini taqiqlashga urinmadi. 26 yoshli qizning iymon keltirish paytida ota ham, onasi ham o‘sha yerda  hozir bo‘lgan.
 
Kuzatuvchilarning fikricha, islomni qabul qilgan yaponiyaliklar soni odatda nikoh tufayli, lekin ba’zida oddiygina islom diniga amal qilish istagi bilan yil sayin ortib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik ayol ota-onasi oldida iymon kalimasini aytib musulmon bo‘lganini e’lon qildi
ePN