14:02 / 11.06.2023
414

Ruminiyaning Keniyadagi elchisi afrikaliklarni maymunga o‘xshatdi

Ruminiyaning Keniyadagi elchisi afrikaliklarni maymunga o‘xshatdi
Ruminiyaning Keniyadagi elchisi afrikaliklarni maymunga o‘xshatgani sababli katta janjal yuzaga keldi.
 
Kenyan Foreign Policy saytining yozishicha, Dragosh Viorel Nayrobida Sharqiy Yevropa diplomatlari bilan suhbatlashar ekan, derazada maymunni ko‘rib, “Mana, bizga afrikalik guruh qo‘shildi”, — deb aytgan.
 
Bu so‘z diplomatik hamjamiyatda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va irqchilik sifatida baholandi. Afrika tomoni diplomatik munosabatlarga putur yetkazadigan va stereotiplar yoki noto‘g‘ri qarashlarni davom ettirishi mumkin bo‘lgan voqealarni bartaraf etish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.
 
Nashrning aniqlik kiritishicha, bu holat aprel oyining o‘rtalarida sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, endigina ma’lum bo‘ldi.
 
Hozirda elchi Keniyadan chiqarib yuborilgan. Uni lavozimidan ozod qilish masalasi ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiyaning Keniyadagi elchisi afrikaliklarni maymunga o‘xshatdi
ePN