13:15 / 12.06.2023
275

Shimoliy koreyalik xakerlar raketa dasturini moliyalashtirish uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi

Shimoliy koreyalik xakerlar raketa dasturini moliyalashtirish uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi
Foto: Getty Images
Shimoliy Koreya xakerlari besh yil ichida kripto hujumlar orqali 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan, deb yozadi The Wall Street Journal nashri Chainalysis blokcheyn tahlilchilariga tayanib. AQSH rasmiylarining aytishicha, bu pullar Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirish dasturining qariyb 50 foizini moliyalashtirish uchun sarflanmoqda.
 
Blokcheyn o‘yinlarini ishlab chiqaruvchi Sky Mavis studiyasi kiberhujum qurbonlaridan biriga aylandi. Kompaniya xodimlaridan biri yangi ish qidirish jarayonida, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ida o‘zini ish beruvchi deb tanishtirgan shaxs bilan bog‘langan, telefon orqali suhbatdan so‘ng “ish beruvchi” arizachiga hujjat yuborgan. Fayl “troya oti” bo‘lib chiqdi, bu Shimoliy Koreya xakerlariga Sky Mavis'ga kirib, 600 million dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irlash, asosan Axie Infinity o‘yinchilarini tunash imkonini berdi. Sky Mavis kiberhujumdan jabr ko‘rganlarga tovon to‘lagan.
 
O‘tgan yili hujumlarning chinakam avj olishi butun dunyo bo‘ylab katta miqdordagi pullar saqlanadigan markaziy kripto infratuzilmasiga, jumladan Sky Mavis'ga ta’sir qildi”, — dedi AQSH Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Enn Noyberger.
 
Shimoliy Koreya 2018 yilda birinchi yirik kripto hujumlarni amalga oshirishni boshlagandi. Yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 42 tadan ortiq muvaffaqiyatli hujumlar amalga oshirilgan.
 
Noybergerning aytishicha, hozirda Shimoliy Koreya raketa dasturini moliyalashtirishning taxminan 50 foizi kiberoperatsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bunga butun dunyoda, jumladan, Rossiya va Xitoyda ishlayotgan “KXDRning minglab IT-mutaxassislari” yordam bermoqda, deydi AQSH rasmiylari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy koreyalik xakerlar raketa dasturini moliyalashtirish uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi
ePN