19:54 / 12.06.2023
794

Rossiyada mehnat migrantlari frontga yuborilmoqda, elchixonalar yetarli e’tibor bermayapti

Rossiyada mehnat migrantlari frontga yuborilmoqda, elchixonalar yetarli e’tibor bermayapti
Foto: TASS
Rossiyada migrantlarga bepul huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi advokat Valentina Chupik Rossiya rasmiylari mehnat migrantlarini urushga yuborish uchun qanday aldayotgani haqida gapirib berdi.
 
«Barcha holatlar o‘xshash: migrantlar turli sabablarga ko‘ra hibsga olinadi, bunda Rossiyada qonuniy ravishda bo‘lish-bo‘lmasligingiz muhim emas. Ularni politsiya bo‘limiga olib ketishadi, keyin deportatsiya yoki zo‘ravonlik bilan qo‘rqitishadi, natijada ular tushunarsiz qog‘ozlarga imzo chekishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, politsiya tilni bilmaslik, shaxsning huquqiy savodsizligidan foydalanadi. Ayrim hollarda qo‘lga olinganlar tegishli hujjatlarga imzo cheksa, ozodlikka chiqarilishi va’da qilinib, aldanadi», dedi Chupik.
 
Advokat so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarga imzo chekkan migrantlar darhol harbiy bazaga yuborilmoqda.
 
«Migrantlar agar ushbu hujjatlarni imzolagan bo‘lsa, harbiy bazaga olib boradigan boshqa transportga o‘tqaziladi. U yerdan frontga jo‘natishadi. Bu Rossiya Mudofaa vazirligi yoki xususiy harbiy tashkilotning bazasi bo‘lishi mumkin», dedi u.
 
Migrantlar bu vaziyatdan qanday chiqishi mumkin, degan savolga javob berar ekan, Chupik bu borada ularga faqat mamlakat elchixonasi yordam berishi mumkinligini aytdi.
 
«Tojikiston elchixonasi doimiy ravishda bunday holatlarga munosabat bildiradi. O‘zbekiston elchixonasi kamroq bo‘lsa-da, o‘z fuqarolariga yordam berishga harakat qiladi. Ammo Qirg‘iziston elchixonasi barcha murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmoqda», dedi Chupik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada mehnat migrantlari frontga yuborilmoqda, elchixonalar yetarli e’tibor bermayapti
ePN