21:12 / 12.06.2023
440

Ukraina razvedkasi: Rossiya Qrimda texnogen falokat tayyorlamoqda

Ukraina razvedkasi: Rossiya Qrimda texnogen falokat tayyorlamoqda
Foto: Unsplash
Rossiya harbiylari Qrim shimolidagi vaqtincha bosib olingan Armyanskdagi “Qrim titan” zavodida texnogen falokat tayyorlamoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
 
Ma’lum qilinishicha, rossiyaliklar mahalliy “hokimiyat” vakillari va aholini evakuatsiya qilib, kimyo zavodini minalashni rejalashtirmoqda.
 
“Zavodning sovitish uskunasi 200 tonnaga yaqin texnologik ammiakdan foydalanadi. Zavodda portlash sodir bo‘lgan taqdirda, ammiak buluti, shamol yo‘nalishiga qarab, yarim soat ichida yaqin atrofdagi hududlarni qoplaydi”, — deyiladi razvedka xabarida.
 
Qrim yarim oroli shimolidagi vaqtincha bosib olingan Armyanskda ruslar ishg‘ol ma’muriyati vakillarini ham, mahalliy aholini ham evakuatsiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
 
“Kaxovka GESdagi portlash 'Qrim titan' zavodida ishlab chiqarish jarayonlariga juda jiddiy zarar yetkazdi. Ruslar minimal to‘g‘ri rejimda ishni davom ettirishning iloji yo‘q deb hisoblaydi”, — deyiladi xabarda.
 
So‘nggi bir necha kun ichida Rossiya harbiylari zavod va unga tutash hududda portlovchi moddalarni o‘rnatayotgani aytilmoqda. Shu bois ruslar ishg‘ol ma’muriyati vakillarini, ham mahalliy aholini evakuatsiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina razvedkasi: Rossiya Qrimda texnogen falokat tayyorlamoqda
ePN