14:44 / 13.06.2023
277

Igor Jovkva: «Qarshi hujumning yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olish»

Igor Jovkva: «Qarshi hujumning yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olish»

Ukraina armiyasining qarshi hujumining yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olishdir. Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Igor Jovkva CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

U intervyuda Ukraina o‘z maqsadiga erishish uchun ko‘p oylar ketishi mumkinligini aytdi.

«Yakuniy maqsad barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olishdir... Lekin Ukraina o‘z maqsadlariga erishishi uchun ko‘p oylar kerak bo‘lishi mumkin», – dedi Zelenskiyning maslahatchisi.

Xuddi shu nuqtai nazardan, u Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati hamda Xerson viloyatining shimoliy qismidan haydab chiqarilgan sentyabr va oktyabr oylaridagi Ukraina armiyasining muvaffaqiyatli hujumlariga ishora qilib, bu Ukrainaning birinchi qarshi hujumi emasligini aytdi.

«Hozirgi hujum ehtimol oxirgi qarshi hujum operatsiyasi bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Igor Jovkva.

Shuningdek, u Ukraina muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, G‘arb hamkorlari ko‘proq artilleriya va o‘q-dorilar yetkazib berishi kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Igor Jovkva: «Qarshi hujumning yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olish»
ePN