23:50 / 13.06.2023
480

NATO: Ukraina qarshi hujumda tezkor muvaffaqiyat qozonishiga umid qilmaslik kerak

NATO: Ukraina qarshi hujumda tezkor muvaffaqiyat qozonishiga umid qilmaslik kerak
Foto: The New York Times
Ukrainaning sharqi va janubida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish maqsadida Qurolli Kuchlarning qarshi hujumi muvaffaqiyatning dastlabki belgilarini ko‘rsatdi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg USA Today nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
 
Uning qayd etishicha, Ukraina harbiylari asta-sekin «manzillarni egallab», rus qo‘shinlarini bir necha kichik shahar va qishloqlardan haydab chiqarmoqda. Shu bilan birga, bosh kotib Ukraina harbiylarining tezkor va muhim muvaffaqiyatlariga umid qilmaslik kerakligini aytdi.
 
«Biz hujum qonli va og‘ir bo‘lishiga tayyor turishimiz kerak. Rossiyaliklar mudofaa istehkomlari qurishga ulgurdi - bular ancha og‘ir mudofaa chiziqlari va ularni yorib o‘tish qiyin ish», deb tushuntirdi NATO bosh kotibi.
 
Stoltenberg, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini qarshi olgan Rossiya qo‘shinlari yaxshi qurollanmagan va ta’minlanmagani hamda qo‘mondonligi sust ekanini ta’kidladi.
 
«Biz ukrainaliklarda jasorat, yerlarini ozod qilish... va rossiyaliklarni siqib chiqarishda qat’iyat borligini ko‘ryapmiz», deb qo‘shimcha qildi bosh kotib.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO: Ukraina qarshi hujumda tezkor muvaffaqiyat qozonishiga umid qilmaslik kerak
ePN