21:02 / 15.06.2023
428

Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi: kimlar uchun?

Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi: kimlar uchun?
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya soddalashtirilgan tartibda mamlakat fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lgan xorijliklarning kasb va mutaxassisliklari ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
 
Tegishli hujjat Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Kasblar ro‘yxatiga quruvchilar, tibbiyot xodimlari, fermerlar, o‘qituvchilar, jurnalistlar, muhandislar va boshqalar kiradi. Hammasi bo‘lib ro‘yxatga 14 ta bo‘limda 203 ta mutaxassislik kiritilgan.
 
“Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish Rossiyada fuqarolik hujjatini soddalashtirilgan tartibda olish uchun zarur bo‘lgan yashash muddatini 3 yildan 1 yilgacha qisqartirishni taklif qiladi.
 
Qonun loyihasi 20 dan ortiq toifadagi shaxslarga Rossiya fuqaroligiga qabul qilinganda ularga qo‘yiladigan talablar sonini kamaytirishni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi: kimlar uchun?
ePN