22:20 / 15.06.2023
1 209

Germaniya kansleri Putinning Ukrainadan keyingi “rejalari” haqida gapirdi

Germaniya kansleri Putinning Ukrainadan keyingi “rejalari” haqida gapirdi
Foto: Bloomberg
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejasi Ukraina bilan chegaralanmasligi, u “qo‘shni hududlarni bosib olishni” ham rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
 
Germaniya kansleri Putinning rejalarida qo‘shni hududlarni tortib olish ham borligiga ishonchi komil. Sholsning fikricha, shu sababli urush tugaganidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida aniq suhbat o‘tkazish kerak.
 
Rossiya prezidenti aniq qo‘shni hududlarni 'yutib yubormoqchi': uning Ukrainaga nisbatan shunday rejasi bor va aniqki, bu uning Belarus uchun ham rejasidan o‘rin olgan”, — deydi Shols.
 
Kansler urushni “muzlatib qo‘yish” mumkin bo‘lgan variantlarni yoki Ukrainaning ayrim hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishini qonuniylashtirishni istisno qildi. U Ukrainani keragicha qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.
 
Shols Germaniyaning Kiyevga yordami davom etishiga ishontirib, bunga misol tariqasida jang maydonida shikastlangan G‘arb qurollarini ta’mirlash qarinroi keltirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri Putinning Ukrainadan keyingi “rejalari” haqida gapirdi
ePN