
AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistni Federal qidiruv byurosining (FQB) Ukrainaga oid hujjatlar to‘plami haqidagi savol uchun tanqid qildi, deya xabar berdi Sputnik RIA Novostiga tayangan holda.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida zalni tark etayotgan muxbir AQSH prezidentidan nega uni FQBning Ukrainaga oid fayllarida doimo “katta odam” deb atashganini so‘ragan.
“Nega bunday ahmoqona savol beryapsiz?”, - deya qo‘pol javob qaytardi Bayden jurnalistning savoliga.
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Baydenni Ukraina kompaniyasidan pora olganlikda ayblagan edi. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Oq uy rahbari Jo Bayden vitse-prezident lavomida ishlagan paytida Ukrainaning “Burisma Holdings” energetika kompaniyasidan pora olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar