08:55 / 17.06.2023
348

Jazoir prezidenti Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi

Jazoir prezidenti Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi
Foto: “RIA Novosti”
Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun Rossiya prezidenti Vladimir Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi.
 
U shunday bayonot bilan Rossiya davlati rahbariga o‘zi ham ishtirok etgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida murojaat qildi.
 
Janob prezident, sizning so‘zlaringizdan shunday xulosaga keldimki, siz butun insoniyatning do‘stisiz, Jazoir kabi dunyoning barcha mamlakatlari bilan do‘stsiz”, — dedi Tebbun.
 
Bir kun avval, 15 iyun kuni Kremlda Putin va Tebbun o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida chuqur strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
 
Bundan tashqari, Rossiya va Jazoir rahbarlari tegishli kelishuvni imzolash orqali koinot hududidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jazoir prezidenti Putinni butun insoniyatning do‘sti deb atadi
ePN