21:44 / 17.06.2023
211

Ugandada ommaviy qirg‘in: maktabga hujum oqibatida 38 nafar bola halok bo‘ldi

Ugandada ommaviy qirg‘in: maktabga hujum oqibatida 38 nafar bola halok bo‘ldi
 
Foto: Getty Images
Ugandada terrorchi-isyonchi guruhning maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 38 nafar bola va uch nafar katta kishi halok bo‘ldi. Independent xabariga ko‘ra, hujum mamlakat g‘arbida, Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaraga yaqin joyda sodir etilgan.
 
Uganda politsiyasining xabar berishicha, bolalarning ba’zilari yong‘inda halok bo‘lgan yoki pichoqlab o‘ldirilgan, boshqa ko‘plab o‘quvchilar, asosan qizlar guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
 
Hujum juma kuni kechqurun sodir bo‘lgan va qurbonlar soni dastlab 25 kishi edi. Shanba kuni rasmiylar 41 jasad topilganini, jumladan, 38 nafar maktab o‘quvchisi, bir qo‘riqchi va ikki mahalliy hamjamiyat a’zosi maktab oldida otib o‘ldirilganini aytdi. Shu bilan birga, maktabdagi yong‘in hali ham o‘chirilmagan, shuning uchun yangi jasadlar topilishi mumkin. Shuningdek, sakkiz kishining ahvoli og‘ir.
 
Hujum qilganlar ISHID tarafdori bo‘lgan Demokratik kuchlar ittifoqi (ADF) nomli jangari guruh a’zolari ekani aniqlangan. ADF so‘nggi yillarda Kongodagi bir nechta hujumlar, jumladan 2021 yilda 30 askar va uch nafar tinch aholining o‘limi uchun javobgar bo‘lgan. Guruh 2000 yillardan beri faol.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ugandada ommaviy qirg‘in: maktabga hujum oqibatida 38 nafar bola halok bo‘ldi
ePN