Yaguar o‘limi

nz1.ru sayti xabariga ko‘ra Braziliyada olimpiada olovini ko‘tarib borish marosimiga olib chiqilgan yaguar(xoldor qoplon)ning bo‘yinturug‘i echilib ketgan va askarlarga hujum qilgan. Avvaliga yirtqich hayvonga 4 marotaba tinchlantiruvchi o‘q otilgan. Biroq tinchlantiruvchi qoplonga ta’smr qilmasdan, u hamla qilishda davom etgan. Oqibatda vahshiylashgan hayvonning boshiga o‘q uzishga majbur bo‘lishgan.
Mahalliy olimpiya o‘yinlari boshqarmasi shunday deydi: "Ayb bizning o‘zimizda, vaxshiy jonivorni bu erga olib chiqish noo‘rin edi. Olimpiada tinchlik va do‘stlikni targ‘ib etadi. Uning olovi millatlararo bahamjihatlik va do‘stlikning ramzi. Marosimda yuz bergan ko‘ngilsizlik butunlay bu narsalarning aksini bildiradi." “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing