Bechora sherlar

nz1.ru xabariga ko‘ra, Chilining Santyago shaxridagi hayvonot bog‘ida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea sodir bo‘ldi. Sherlar saqlanadigan joyga bir erkak kirib, ustidagi kiyimlarini yirtib tashlagan. Avvalliga sherlar erkakka e’tibor bermagan. U battar sherlarning jig‘iga tega boshlagach vahshiylar o‘z ishini qilib hujum qilishgan. Hayvonot bog‘i ma’muriyati ikki sherni otib o‘ldirishga majbur bo‘lgan. Ularning aytishicha sherlar g‘azablangan vaqtda trankvilizator, ya’ni tinchlantiruvchi sekinroq ta’sir qiladi. Bu vaqt ichida esa sherlar erkakni tilka-pora qilib ulgurishlari aniq. Shu tufayli bir ahmoq erkaknideb ikki sher nobud bo‘ldi. Erkakning o‘zini og‘ir axvolda kasalxonaga etkazildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing