12:15 / 21.06.2023
858

Hindistonda o‘zbekistonlik uch nafar opa-singil hibsda ushlab turilgani aniqlandi

Hindistonda o‘zbekistonlik uch nafar opa-singil hibsda ushlab turilgani aniqlandi
Foto: The New Indian 
Hindistonning ayrim ommaviy axborot vositalarida ushbu davlatning Bihar shtatida hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik uch nafar opa-singil haqida ma’lumotlar tarqatildi. O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi vaziyatni nazoratga oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
 
Elchixona ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tezkor chora-tadbirlar ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayollar 2021 yil oktyabrda Hindiston—Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududdan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingan.
 
Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022 yil avgustida O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligacha ushlab turilibdi.
 
The New Indian nashri ayollardan birining murojaatini e’lon qilgan. Unda aytilishicha, ayollar Facebook orqali tanishgan Hindiston fuqarosiga ishongan va Hindistonga ishlash uchun ketmoqchi bo‘lgan.
 
Afsus bilan qayd etish joizki, fuqarolarimiz yoki ularning yaqinlari tomonidan o‘z vaqtida ushbu masala yuzasidan tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilinmagan.
 
Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olindi va fuqarolarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda” — deyiladi “Dunyo” AA xabarida.
 
Diplomatik missiya O‘zbekiston fuqarolarini Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda o‘zbekistonlik uch nafar opa-singil hibsda ushlab turilgani aniqlandi
ePN