13:02 / 21.06.2023
532

Jo Bayden Si Szinpinni diktator deb atadi

Jo Bayden Si Szinpinni diktator deb atadi
Foto: Getty Images
Xitoy yetakchisi Si Szinpin AQSH o‘z havo hududida Xitoy sharlarini aniqlab, ularni urib tushirganidan esankirab qolgan, chunki u Pekinning bu missiyasidan bexabar bo‘lgan, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi mablag‘ yig‘ish tadbirida. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Si Szinpin men josuslik apparati bor o‘sha havo sharini urib tushirganimdan juda norozi bo‘lganiga sabab — u shar haqida bilmagan” — dedi Bayden. “Nima bo‘layotganini bilmaslik esa diktatorlarga yoqmaydi”.
 
 Pekin hozircha Baydenning so‘zlariga munosabat bildirmadi.
 
Bayden Pekin Vashington bilan munosabatlarni yaxshilashni istayotganiga ishonch bildirdi, biroq uning fikricha, iliqlashuv uchun vaqt kerak. Bayden “Hozir muhimi — u (Si Szinpin) yana munosabatlarga kirishmoqchi bo‘lib turgani” deb aytdi.
 
20 iyun kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tashrifini yakunladi. Safari davomida u XXR tashqi ishlar vaziri Sin Gan, Xitoy diplomatiyasi kuratori Van Yi, keyin esa Si Szinpin bilan uchrashdi. Blinken so‘nggi besh yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan eng yuqori martabali AQSH rasmiysiga aylandi. Tomonlar suhbat ochiq va mazmunli o‘tganini ta’kidladi. Pekin bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar eng past darajada ekanini qayd etdi.
 
Blinken “josus” sharlar mavzusini o‘tmishda qoldirishni taklif qildi va Pekinga tashrifini AQSH—Xitoy munosabatlarini barqarorlashtirishda muhim qadam deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden Si Szinpinni diktator deb atadi
ePN