“Varkraft” o‘yin asosida olingan filmlar ichida dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Dunkan Djonsning “Varkraft” videoo‘yini asosida sur’atga olgan filmi mazkur janr asosida sur’atga olingan barcha filmlar ichida eng kassabop deya topildi deb habar qiladi SlashFilm. Film dunyo bo‘yicha ayni vaqtda 377 mln. AQSh dollariga yaqin mablag‘ to‘pladi va undan avval birinchilik pog‘onasini umumiy hisobda 336 mln. AQSh dollariga teng mablag‘ to‘plab egallab turgan “Fors Shaxzodasi” filmidan o‘zib ketdi.
Asosiy daromad xitoylik o‘yin ixlosmandlari tomonidan to‘plandi. Kassa yig‘ini bo‘yicha Xitoyning o‘zidayoq 200 mln. AQSh dollariga yaqin mablag‘ to‘plandi, ayni o‘sha damda AQShning o‘zida bor yo‘g‘i endi 37 mln. AQSh dollari yig‘ilgan edi.
Tanqidchilarning daxshatli taqrizlariga qaramay mashhur “Varkraft” videoo‘yini asosida olingan film rekord o‘rinatdi. SlashFilm kuzatuvchilari bunday omad deyarli ko‘pchilikni tashkil etuvchi xavaskor o‘yinchilar hisobidan keldi deya izohlashmoqda. Habarga ko‘ra ularni asosiy qismini xitoyliklar tashkil etadi.
Manba mail.ru sayti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing