16:13 / 23.06.2023
261

Britaniya razvedkasi: Rossiya Qrim mudofaasini kuchaytirishda jangovar delfinlardan foydalanmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya Qrim mudofaasini kuchaytirishda jangovar delfinlardan foydalanmoqda
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha kunlik sharhida Rossiya qo‘shinlari so‘nggi paytlarda anneksiya qilingan Qrimdagi Sevastopol ko‘rfazining mudofaasini sezilarli darajada kuchaytirganini yozmoqda. Vazirlik taqdim etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ko‘rinib turibdiki, ko‘rfazga kiraverishda kamida to‘rtta to‘r va suzuvchi to‘siqlar o‘rnatilgan.
Foto: Twitter
Bundan tashqari, Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida ko‘rfazdagi maxsus qo‘riqxonalar soni so‘nggi bir necha hafta ichida ikki baravar ko‘paygan — ularda maxsus o‘qitilgan dengiz sutemizuvchilari borligi taxmin qilinadi.
 
Sharh mualliflarining fikricha, katta ehtimol bilan qo‘riqxonalarda shisha burunli delfinlar (afalina) saqlanadi, ular dushman g‘avvoslariga qarshilik ko‘rsatishga o‘rgatilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Rossiya dengiz floti Arktika suvlarida jangovar kitlar va tyulenlardan ham foydalanadi, deb ishonilmoqda.
 
Sevastopol okeanariumida ilgari Ukraina harbiy-dengiz kuchlari manfaatlari uchun delfinlar bilan mashg‘ulot o‘tkazilgan bo‘lsa, Qrim anneksiya qilinganidan keyin u Rossiya dengiz floti tarkibiga o‘tgan. Avvaliga Rossiya Mudofaa vazirligi “dengiz hayvonlarini harbiy maqsadlarga o‘rgatish zaruratini” ko‘rmayotganini bildirdi, ammo keyin vazirlik Sevastopoldagi akvarium uchun yangi hayvonlar sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi.
 
Aytishlaricha, Qrim ko‘prigini qo‘riqlashda jangovar delfinlar ham qatnashadi.
 
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi iyun oyidagi sharhlaridan birida Rossiya frontdan uzoqda, jumladan Qrimda quruqlikdagi mudofaa chizig‘ini qanday kuchaytirayotgani haqida yozgandi. Britaniya razvedkasiga ko‘ra, Kreml Ukraina Qurolli kuchlarining anneksiya qilingan yarim orolga hujum boshlashidan qo‘rqadi, Qrim ustidan nazoratni saqlab qilish Rossiya rahbariyati uchun asosiy siyosiy ustuvorliklardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya razvedkasi: Rossiya Qrim mudofaasini kuchaytirishda jangovar delfinlardan foydalanmoqda
ePN