date
views 695

Ukraina rahbariyati Obamaning so‘zlarini jiddiy tanqid qildi

Ukraina rahbariyati Obamaning so‘zlarini jiddiy tanqid qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Tvitter tarmog‘ida AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamaning ayrim qrimliklarning Rossiya tarkibiga kirish istagi haqidagi bayonotini tanqid qildi.
 
«Balki xatolarni tan olish va yangi bahonalar haqida o‘ylamaslik vaqti kelgandir?» deya Obamaga yuzlangan Podolyak.
 
Uning fikricha, Oq uyning sobiq rahbarining so‘zlari hozir «xalqaro huquq amalda mavjud emasligini» ko‘rsatadi.
 
22 iyun kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Obama G‘arb tomoni Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishga yetarli qarshilik qila olmaganini ta’kidlagan.
 
Siyosatchi o‘sha paytda yarimorol aholisi bunday o‘zgarishlar tarafdori bo‘lganini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina rahbariyati Obamaning so‘zlarini jiddiy tanqid qildi